BOLANING TUG‘ILISHIDAN BOSHLAB, BIR YOSHGA TO‘LISHIGACHA TO‘G‘RI OVQATLANTIRISH (Infografika)
11.11.2020
0-4 oy

Ko‘krak suti yoki moslashtirilgan aralashmalar.
Qo‘shimcha ozuqa talab etilmaydi!
4-6 oy
Ilk chaynash qobiliyati

Asosiy taom sifatida ona suti, aralashma qolaveradi.
Bola qoshiqdan ovqatlanishni o‘rganadi.
Pyure ko‘rinishidagi sabzavotlar va bo‘tqalardan ilk qo‘shimcha ozuqani kiritish mumkin*
Sabzavotlar — kabachok, brokkoli, karam, qovoq (porsiya hajmi 150 g gacha)
Bo‘tqalar — guruch, grechka, makkajo‘xori (porsiya hajmi 150 g gacha)
Meva sharbati va pyure — olma, nok, olxo‘ri (60 g gacha)
7-9 oy
Chaynash, teginish va lab bilan qoshiqni tozalash qobiliyatining rivojlanishi

Asosiy taom — ko‘krak suti, aralashma. Bola guvalasimon yegulikni iste’mol qilish imkoniga ega. Mahsulotlarni xilma-xillashtirish. Quyidagi mahsulotlarni kiritamiz.
Sabzavotlar - kartoshka, sabzi (porsiya hajmi 180 g gacha)
Bo‘tqa – suli, bug‘doy, arpa, multiboshoq (porsiya hajmi 150 g gacha)
Go‘sht pyuresi — jigar, mol, quyon, parranda, kurka go‘shti (porsiya hajmi 50 g gacha)
Tvorog (40 g gacha), tuxum sarig‘i (0.5 dona), qotgan non, pechenye va non (5 g gacha), pishloq.
9-12 oy
Tilning bazaviy harakatlanishini rivojlantirish, yegulikni tish bilan harakatlantirish

Asosiy taom — ko‘krak suti, aralashma. Qattiq, guvalasimon yegulik.
Maqsad — bir yoshga to‘lib, umumiy dasturxondan ovqatlanish
Baliq — treska, shiksha, mintay, xek, gorbusha, sudak, forel (60 g gacha)
Sabzavotlar — lavlagi, pomidor, bodring (200 g gacha)
Boshqa mahsulotlarning hajmi ko‘payib boradi: 200 g gacha bo‘tqalar, 70 g gacha go‘sht, meva va sharbat 100 g gacha, qotgan non, pechenye, non 15 g gacha.
BOLALAR UCHUN GIPPO TABIIY BO‘TQALARI — BU
- 100% TABIIY BOSHOQLAR VA MEVALAR
- VITAMINLAR VA MINERALLAR KOMPLEKSI
- SOG‘LOM HAZM QILISH UCHUN PREBIOTIKLAR
- GMO, KONSERVANTLAR VA BO‘YOQLAR QO‘SHILMAGAN

Bir yoshgacha quyidagilarni bermaslik lozim:
- Asal
- Choy
- Shakar
- Tuz
Ona suti go‘dak uchun ideal taom hisoblanadi.
Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti (JSST) birinchi 6 oy hayoti davomida bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirishni tavsiya etadi.
Shifokoringiz bilan maslahatlashib, qo‘shimcha yegulikni qachon kiritish mumkinligini biling. Qo‘shimcha ozuqa kiritilganidan keyin ko‘krak suti bilan iloji boricha uzoq muddat davomida oziqlantirishida davom eting.
Mahsulotlarni iste’mol qilish bo‘yicha tavsiya etilgan yoshni har bir qadoqning o‘zida ko‘rishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ozuqaning taxminiy me’yori infografikada ko‘rsatilgan.
**Birinchi navbatda glyutensiz yormalarga e’tibor qaratish lozim (grechka, guruch, makkajo‘xori).